Noqonuniy muhojirlar La-Mansh ostidagi tunnel orqali Fransiyadan Buyuk Britaniyaga o‘tish uchun 10 ming yevro to‘laydi. Bu haqda Fransiyaning Europe 1 radiostansiyasi o‘tkazgan surishtiruvlar chog‘ida ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.
OAV vakillari Kale portida kontrabandachilar guruhi faoliyatini tekshirayotgan fransuz chegara politsiyasi tarkibiga qo‘shildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, to‘rt nafar alban va ikki nafar fransuzdan iborat guruh 2015-yil boshidan beri yuk mashinalariga yashiringan 200 ga yaqin albaniyalikni tunnel orqali Buyuk Britaniyaga 10 ming yevro evaziga jo‘natgan. Noqonuniy biznesning yillik aylanmasi esa 1,5 million yevroga borgan.
Fransiya politsiyasi bu ish yuzasidan olti kishini hibsga olishga ulgurdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday faoliyat bilan albanlardan tashqari, afg‘on va kurd guruhlari ham shug‘ullanadi.
Izoh (0)