12-avgust kuni Xitoyning Tyanszin shahridagi portda yuz bergan portlashlar natijasida sug‘urta zarari 1 milliarddan 1,5 milliard dollargacha yetishi mumkin. Bu haqda Credit Suisse investitsiya banki tahlilchilariga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.
Ayni paytda ekspertlar ta’kidlashicha, mijozlar zararni qoplashi kerak bo‘lgan kompaniyalarga to‘lovni so‘rab murojaat qilishni boshlaganiga qaramay, sug‘urta zararining aniq miqdorini aytishga hali erta. Bunday kompaniyalar orasida Zurich Insurance va Allianz SE bor.
Izoh (0)