Pokiston harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari mamlakat shimoli-g‘arbidagi “qabilalar hududi” deb ataladigan Xaybarga raketa-bomba zarbalarini berdi. Amaliyot natijasida kamida 15 terrorchi o‘ldirildi, ulardan ikki nafari xudkush bo‘lgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat armiyasi tomonidan o‘tgan yil iyunidan beri “qabilalar hududi”da 1,5 mingdan 2,7 ming nafargacha bo‘lgan jangarilar yo‘q qilingan.
Izoh (0)