“Kok-Jaylauni asraymiz” jamoatchilik harakati ishtirokchilari Olma-Otaning yangi hokimi Baurjon Baybekni tabiiy hududdagi quruvchilik muammolariga e’tibor qaratishga chaqirib, unga toza tog‘ havosi bilan to‘ldirilgan banka sovg‘a qildi, deb yozadi “Nur.kz”.
Sovg‘a bilan birgalikda Kok-Jaylau tabiiy zonasida yo‘l, elektr podstansiya va kurort hududi qurilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bitilgan va 2414 ta imzo qo‘yilgan maktubni ham yuborishdi.
Aktivistlar Olma-Otaning yangi hokimi ularga quloq solib, Kok-Jaylaudagi qurilishlar uchun ajratilgan mablag‘ni boshqa maqsadlarga, jumladan, seldan jabr ko‘rgan tumanlarga yo‘naltirishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)