Indoneziya qidiruv guruhlari Trigana Air aviakompaniyasining ATR 42-300 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan joyda 54 kishining jasadini topdi. Bu haqda The New York Times ma’lumotlariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatning Papua provinsiyasida qulagan havo kemasida jami 54 kishi, jumladan, 49 nafar yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Izoh (0)