Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov muxolifatchi Aleksey Navalniyning u go‘yoki ijaraga yaxta olgani to‘g‘risidagi da’vosini rad etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Peskov Sitsiliyada (Italiya) dam olayotgani va yaxta emas, mehmonxonani ijaraga olganini ma’lum qildi.
Oldinroq Korrupsiyaga qarshi kurash fondi Peskov Sardiniya qirg‘oqlarida Maltese Falcon yaxtasini haftasiga 26 million rubl to‘lab, ijaraga olgani haqida xabar tarqatgan edi.
Izoh (0)