Navoiy viloyati Uchquduq tumani “Qulquduq” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Baubek Bazarov oilasida uch egizak farzand — bir o‘g‘il va ikki qiz dunyoga keldi. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.
“Nabiralarimning dunyoga kelishi biz uchun unutilmas kun bo‘ldi. Yaxshi niyatlar bilan ularga Diydar, Dinara, Dilara, deb ism qo‘ydik. Kattasi o‘g‘il, ulg‘aysa singillarining himoyachisi bo‘ladi”, — deydi chaqaloqlarning buvisi Raya Bazarova.
Chaqaloqlarning sog‘lom unib-o‘sishi uchun Bazarovlar oilasiga ko‘plab tashkilotlar tomonidan ko‘mak berildi. Masalan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi 300 ming so‘m pul ajratgan bo‘lsa, “Qulquduq” shirkat xo‘jaligi rahbariyati to‘rt bosh mayda shoxli mol hadya qildi.
Tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tomonidan esa sog‘in sigir berildi.
Izoh (0)