Ukraina Bosh prokuraturasi tergov boshqarmasiga sobiq prezident Viktor Yanukovich o‘rniga uning advokati Vitaliy Serdyuk keldi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Advokatning bildirishicha, Yanukovich o‘z hayotidan xavfsiragani uchun prokuraturaga bevosita kelmagan. Shuningdek, u mijozi Bosh prokuraturaga ishning oshkora ko‘rib chiqilishi va jamoatchilikka unga nisbatan ochilgan jinoiy ish manbalarini tanishtirish to‘g‘risidagi iltimos bilan murojaat qilgani, ammo prokuratura bundan bosh tortganini ma’lum qildi. Shuningdek, Yanukovich videokonferensiya yo‘li bilan guvohlik berishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 28-iyulda Ukraina bosh prokurori Viktor Shokin Yanukovichga sirtdan ayblov qo‘yish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Sobiq prezidentga nisbatan 5 ta jinoiy ish ochilgan.
Izoh (0)