Germaniya janubidagi Bavariya federal yerida AQSh harbiy samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lumotlariga tayanib, “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 9.30 da Kroysen shahri yaqinidagi Yuqori Frankoniya okrugida ro‘y bergan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchi qulayotgan samolyotdan katapulta yordamida tushib qolishga ulgurgan va uncha og‘ir bo‘lmagan jarohatlar olgan.
Halokat sabablari hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)