Qutqaruvchilar Istra suv omboridan havo kemalarining to‘qnashib ketishi oqibatida halok bo‘lgan to‘qqizinchi kishining jasadini topdi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi xabariga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 8-avgust, shanba kuni Moskva viloyatidagi Istra suv ombori ustida gidroplan va vertolyot to‘qnashib ketgani oqibatida jami to‘qqiz kishi, jumladan, ikki nafar bola hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh (0)