Kanadaning Thoth Technologies kompaniyasi iyul oxirida kosmik lift uchun puflab shishiriladigan minoraga patent oldi, deya xabar bermoqda “Ru-universe.livejournal.com”.
Ontario provinsiyasining Pembrok shahrida joylashgan kompaniya stratosferagacha borib yetadigan, germetik segmentlardan iborat 20 kilometrlik minorani ishlab chiqdi. Uning tepasiga platforma o‘rnatib, undan kommunikatsiyalar, turizm yoki koinotga chiqish uchun uchish maydoni sifatida foydalanish mumkin.
Dengiz sathiga yaqin bo‘lgan maydondan uchishdan farqli o‘laroq, bunday minora tepasidan orbitaga chiqish ko‘proq samolyot parvoziga o‘xshaydi. Astronavtlar 20 km balandlikka elektr liftda ko‘tariladi. Kosmik qurilmalar orbitaga chiqqach, yoqilg‘i olish va yuk ortish uchun yana minoraga qaytishi mumkin.
Izoh (0)