Qozog‘istonda dasturxonga spirtli ichimliklar tortilmaydigan halol to‘ylar bora-bora ko‘proq ommalashmoqda, deb yozadi “Nur.kz”.
O‘n yildan ziyodroq vaqtdan buyon turli tadbirlar o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan qozog‘istonlik ziyofatboshi Almaz Bayirbekov so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida butun mamlakat bo‘ylab halol to‘ylarni afzal ko‘rishmoqda.
“Halol to‘ylar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ichkilikboz yoshlar shunchalik kam bo‘ladi. Shu sababli bunday to‘ylar o‘tkazilishidan xursand bo‘lish kerak”, — dedi u.
Qozog‘istonlik etnograf Ahmad To‘xtaboy aytishicha, an’ana bo‘yicha qozoq to‘ylari avvallari spirtli ichimlik va qadah ko‘tarishlarsiz o‘tkazilgan.
Izoh (0)