Hindiston bosh vaziri Narendra Modi so‘nggi 34 yil ichida birinchi marta Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Asian Age nashriga tayanib.
Modi BAAga 16-avgust kuni ikki kunlik tashrif bilan jo‘nab ketadi, u yerda Abu-Dabi va Dubayga boradi. Tashrif dasturidan mamlakat rahbariyati bilan savdo va xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘rin olgan.
Bundan tashqari, Modi Dubaydagi stadionda hind hamjamiyatining tantanali qabulida ishtirok etadi.
Izoh (0)