Chechenistonning Gudermes shahrida ro‘y bergan avtohalokat oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda respublika IIV vakiliga tayanib, “TASS” ma’lum qilgan, deya xabar berdi “Gazeta.ru”.
“Gudermes shahridan chiqishda, “Kavkaz”avtoyo‘lida to‘rtta mashina— Toyota, ikkita Lada Priora va Kia to‘qnashib ketgani oqibatida yetti kishi hayotdan ko‘z yumdi. Shuningdek, ikki kishi jarohatlangan, ulardan biri og‘ir holatda”,—deya ta’kidlagan vazirlik vakili.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokat qurbonlari orasida ikki nafar chegarachi va IIV maxsus bo‘linmasi xodimi bor.
Izoh (0)