Ikki nafar qurollangan shaxs AQShning Istanbuldagi bosh konsulxonasi binosiga qarata o‘t ochdi Bu haqda AQShning Turkiyadagi elchixonasi o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali xabar bergan. Meduza nashri ma’lumotiga ko‘ra, politsiya bilan otishma boshlanib ketdi, shundan so‘ng jinoyatchilar yashirindi.
Hodisa natijasida jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Politsiyadagilar hujum qilganlarning shaxslarini bilmaydi.
Konsulxona binosiga uyushtirilgan hujumdan bir necha soat avval Istanbul tashqarisidagi politsiya uchastkasi binosida portlash ro‘y berdi. Uch kishi halok bo‘ldi, kamida 10 kishi, jumladan, bir necha nafar politsiya xodimlari jarohat oldi.
Izoh (0)