Yaponiya imperator ayoli Mitiko 9-avgust, yakshanba kuni Tokio davlat universiteti qoshidagi kasalxonada to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tdi, unga yurak eshemik kasalligi tashxisi qo‘yildi. Bu haqda imperator saroyi boshqarmasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Operatsiya o‘tkazish uchun zaruriyat yo‘q, biroq 80 yoshli Mitikoning ahvoli yomonlashgudek bo‘lsa, unga qo‘shimcha davolanish talab etilishi mumkin.
Avvalroq imperator ayol joriy yilning iyunidan ko‘kragida paydo bo‘lgan og‘riqlardan shikoyat qila boshlagani, shundan so‘ng u elektrokardiografiyadan o‘tkazilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)