Rossiyada aholi va korxonalarning uy-joy kommunal xo‘jaligidan umumiy qarzdorligi 1 trillion rublga yetdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mamlakatdagi 32 foiz uylarda dush yoki vanna, 34 foizida esa issiq suv yo‘q. Uylarning 20 foizi suv, 25 foizi esa kanalizatsiya tarmog‘iga ulanmagan. Rossiyaliklar daromadining 10 foizini kommunal to‘lovlarga ajratishiga to‘g‘ri kelyapti.
Izoh (0)