Yaponiya sentabrda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida yadro qurolini tugatish bo‘yicha yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe Xirosima shahridagi atom bombardimoni qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Eslatib o‘tamiz, 6-avgust, mahalliy vaqt bilan soat 08:15 da (1945-yil 6-avgustda atom bombasi portlagan payt) Xirosimadagi Tinchlik bog‘ida bir daqiqa sukut e’lon qilindi. Xotira marosimida 55 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi, ular orasida mahalliy aholi, siyosiy va jamoat arboblari hamda dunyoning 100 davlatidan kelgan vakillar bor edi.
Izoh (0)