Yevropa Ittifoqi Yamandagi bo‘hrondan jabrlanganlarga ijtimoiy yordam tariqasida qo‘shimcha 12 million yevro ajratdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
10 million yevro Yamanning o‘zidagi fuqarolarni oziq-ovqat, suv va tibbiy yordam bilan ta’minlashga yo‘naltirilsa, qolgan 2 million yevro mamlakatdan Jibuti va Somaliga o‘tgan qochoqlar ehtiyoji uchun ishlatiladi.
Ijtimoiy yordam bo‘yicha yevrokomissar Xristos Stilianidis “Yamandagi bo‘hron ko‘lami nihoyatda kengayib ketdi. Aholining 80 foizi yordamga muhtoj”, — deya ta’kidlagan.
Izoh (0)