Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq ekspertiza yakunlari Reyunyon orolida topilgan qanotlar o‘tgan yili yo‘qolgan Boeing samolyotiga tegishli bo‘lganini ko‘rsatganini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Kuala-Lumpurdan Pekinga yo‘l olgan va bortida 227 nafar yo‘lovchi, 22 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Boeing 777-200 2014-yil, 8-mart kuni yo‘qolgan. Uning keyingi taqdiri hozirgacha noma’lum.
Izoh (0)