Eron parlamenti BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1999-yilda qabul qilingan Terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Tehronning terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyaga qo‘shilishi G‘arb mamlakatlari Eron moliya muassasalariga nisbatan joriy etgan cheklovlarini yumshatishga yordam beradi.
Izoh (0)