Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Qoradaryo” elektr tarmoqlari korxonasi nazoratchisi “Ravotli” va “Qorabek” qishloqlaridagi fuqarolarning elektr uchun to‘lagan pullarini o‘z ehtiyojiga sarflab yubordi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
U 15 nafar fuqarodan jami 350 AQSh dollari va 4 522 000 so‘m pul olib, abonentlarning qarzdorligini qoplamasdan, pullarni o‘z cho‘ntagiga urgan.
Gazetada qayd etilishicha, “Qoradaryo” elektr tarmoqlari korxonasining boshqa nazoratchi, elektromontyor, texnik va ustalari ham shu taxlit ish yuritgan.
Sud ularning har birining qilmishini o‘rganib chiqib, aybiga yarasha axloq tuzatish va jarima jazolariga tortdi. Shuningdek, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar qoplanadigan bo‘ldi.
Izoh (0)