“Suvsoz” DUK turar joylardagi sovuq suv bosimining pastligi kechki soatlarda iste’molning ko‘paygani bilan bog‘liqligini ma’lum qildi, deb yozadi “UZ24”.
Korxona xabariga ko‘ra, issiq kunlarda suv iste’moli ko‘payib, ayniqsa, 18:30 dan 21:30 gacha bo‘lgan vaqt davomida shahar tarmoqlaridagi sovuq suv bosimi tushib ketadi. Past bosimga uy ichidagi quvurlardan suv sizib chiqishi va ularning cho‘kindilar bilan to‘lib qolishi, shuningdek santexnikadagi nosozliklar sabab bo‘lishi mumkin.
“Suvsoz” ogohlantirishicha, belgilangan vaqtlarda polizlarni sug‘orish, ko‘chalarga suv sepish yoki mashina yuvish taqiqlanadi. Uyda suv bosimining pastligi kuzatilsa, birinchi navbatda xonadondagi santexnikani tekshirib ko‘rish va Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Izoh (0)