Janubiy Koreyaning Korea Telecom kompaniyasi Toshkentdagi Inha universitetiga beg‘araz asosda 700 ta kitob taqdim etdi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Kompaniya OTMga talabalarni o‘qitish jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan axborot texnologiyalarining turli sohalari bo‘yicha darsliklar va o‘quv adabiyotlarini sovg‘a qildi.
KT Global Business Promotion vitse-prezidenti professor Kim Yun Je hadya etilgan kitoblar yordamida talabalar dunyoqarashi va o‘quv jarayoni yanada yaxshilanishiga umid bildirib qoldi.
Izoh (0)