O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 31-iyul kuni Gananing yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) Alhaji Bava Gilbert Ayembellani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Gana o‘rtasidagi, jumladan BMT, uning tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalarga oid masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda ba’zi mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)