22—25-sentabr kunlari Belarus ishbilarmon doiralari vakillari Toshkentga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.
Tashrif Belarus Savdo-sanoat palatasining Minsk bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida hamda Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida tashkillashtiriladi.
Tashrifdan maqsad Belarus mahsulotlarini sotish bozorini kengaytirish, yangi biznes sheriklar qidirish, investitsiyalar jalb etish, o‘zaro manfaatli hamkorlikning turli shakllarini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ladi.
Izoh (0)