Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida Niderlandiyaning LT Textile Cooperatief U.A kompaniyasi tomonidan xorijiy korxona qurilishi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Zamonaviy va energiya tejovchi texnologiyalar bilan jihozlanadigan korxonada to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi, shuningdek, to‘qimachilik asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan servis markazi tashkil etiladi.
Korxona qurilishi 2016-yil noyabr oyida yakunlanadi, 2017-yilning birinchi choragida esa 20 ming tonna paxta tolasi qayta ishlanib, 15 ming tonna ip kalava va aralash kalava ishlab chiqariladi. Mahsulotning 80 foizini eksportga yo‘naltirish va 700 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Izoh (0)