Vazirlar Mahkamasi “Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi ‘Birjadan tashqari valyuta fondini yanada rivojlantirish va mustahkamlash choralari to‘g‘risida’gi 245-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda “Norma.uz”.
Loyihaga ko‘ra, Tushumni majburiy sotishni xorijiy valyutada amalga oshirish haqidagi yangi nizomni qabul qilish hamda tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda amal qilish shart bo‘lgan talablarni o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.
Talablarning bir qismi o‘z holicha qoladi. Jumladan, xorijdan valyuta daromadi kelishining kechikishida qo‘llaniladigan sanksiyalar, shuningdek, qaytadan sanksiya belgilashni taqiqlovchi norma ham kuchda qoladi.
Loyiha muvofiqlashtirish bosqichida turibdi, u o‘zgartirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Izoh (0)