Iroq mudofaa vaziri Xolid al-Ubaydiy va Rossiya harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Aleksandr Fomin 30-iyul, payshanba kuni harbiy-texnik sohada hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda Iroq mudofaa vazirligi rasmiy saytiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ushbu kelishuv harbiy-texnik sohadagi hamkorlik bo‘yicha Rossiya–Iroq hukumatlararo komissiyasining Sankt-Peterburgdagi yig‘ilishida imzolangan. Yig‘ilish davomida Rossiya hukumati Iroqning terrorchilikka qarshi kurash borasidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi va bu borada har qanday yordamga tayyor ekani ma’lum qilindi.
Izoh (0)