Sirli holatda 2014-yil mart oyida bedarak yo‘qolgan Malayziyaning Boeing 777 layneri, katta ehtimol bilan, samolyot kabinasida bo‘lgan shaxslarning qasddan amalga oshirgan harakatlari natijasida halokatga uchragan. Bu haqda, hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlarini olib borayotgan AQSh maxsus xizmatlariga asoslanib, CNN xabar berdi.
Qayd etishlaricha, boshqa batafsil axborot yo‘qligi sabab, tahlilchilar mazkur taxminni nisbatan ishonchli, deb qabul qilgan. AQSh prezidenti ma’muriyatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur taxmin sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan kuzatuv ma’lumotlari asosida ilgari surilgan.
Avvalroq, 29-iyul, chorshanba kuni Fransiyaning Hind okeanidagi Reyunyon oroli yaqinida raqamlari yo‘qolgan Boeing’nikiga mos kelayotgan samolyot bo‘laklari topilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)