“Yevromaydon” hodisalaridan so‘ng Ukrainadan qochib ketgan mamlakat sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov Rossiyada Ukrainani qutqarish qo‘mitasini tuzadi, deya xabar bermoqda “Newsru.com”.
3-avgust kuni ushbu tashkilot taqdimoti o‘tkaziladi. Matbuot anjumanida Ukrainani qutqarish qo‘mitasi tuzilishi haqida e’lon qilinadi. Shuningdek, ukrain xalqiga murojaatnoma tarqatilgan bo‘lib, unda mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish rejasi batafsil yoritilgan va qo‘mita Ukraina taqdiri uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishga tayyorligi aytilgan.
Bundan tashqari, matbuot anjumanida Ukraina prezidentligiga muqobil nomzod e’lon qilinadi, u Oliy Rada sobiq deputati Vladimir Oleynik bo‘lishi xabar qilinmoqda.
Izoh (0)