Mutaxassislarning Hind okeanida topilgan qanot bo‘laklari bir yil avval yo‘qolgan Boeing 777 samolyotiga tegishli ekanligiga ishonchi komil. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tergovchilar va Boeing kompaniyasining havo xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi okeanda topilgan bo‘lak o‘tgan yil mart oyida yo‘qolgan Malayziya samolyoti qanotining qismi ekanligiga shubha qilmayapti. Ayni paytda ushbu topilmani o‘rganish davom etmoqda.
Izoh (0)