AQSh ma’murlari Isroil hukumatining Falastindagi bosib olingan hududlarda yahudiylar manzilgohlarini kengaytirish haqidagi qaroridan xavotirda. Ular bunday chora mintaqadagi nizolarga barham berishda ko‘maklashmaydi, deb hisoblaydi. Bu haqda AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Mark Toner o‘z bayonotida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“AQSh hamon ushbu manzilgohlarni noqonuniy deb hisoblaydi hamda ularning G‘arbiy sohil va Sharqiy Quddusda qurilishini davom ettirishga qat’iy qarshilik bildiramiz. Manzilgohlarni kengaytirish ikki davlatning mavjud bo‘lish imkoniyatini xavf ostida qoldiradi”, — dedi u.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Beyt-El yahudiylar manzilgohida 300 ta turar joy qurish haqida qaror qabul qilgan edi.
Izoh (0)