“Real” himoyachisi Serxio Ramos klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, kelajagi borasida bir to‘xtamga kelib oldi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
Madridliklar ayni paytda Xitoyning Guanchjou shahrida mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mana shu shaharda o‘tgan uchrashuvda Ramos klub bilan shartnomasini uzaytirishga rozilik bergan.
Ramosning so‘zlariga ko‘ra, gap shartnomaning moliyaviy tomonlarida emas. Shunchaki, futbolchi o‘zi sevgan jamoasida uning qadriga yetishlarini xohlamoqda.
Izoh (0)