Las-Vegas (Nevada shtati, AQSh) shahrida o‘tkazilgan boks kechasining yana bir qiziqarli jangida yarim og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni qozog‘istonlik 31 yoshli Beybut Shumenov hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko‘ra amerikalik 36 yoshli Bi Jey Floresni mag‘lub etdi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Hakamlarning uchalasi ham 116:112 hisobida Shumenovning g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, Beybut WBA yo‘nalishida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Bu bilan u WBA (Regular) yo‘nalishi chempioni rossiyalik Denis Lebedevning kamariga rasmiy da’vogarga aylandi.
Izoh (0)