O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Vinod Kumar bilan uchrashdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Suhbat davomida Hindiston yuqori texnologik kompaniyalarini bundan keyin ham qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga jalb etishdan O‘zbekiston tomoni manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Ayni vaqtda, Hindiston tomoni ITEC (Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi) doirasida O‘zbekiston soliq xizmati xodimlari uchun o‘quv dasturlarini tashkil etishni taklif etdi.
Izoh (0)