Toshkentdagi Jismoniy tarbiya institutiga kirish imtihonlarida yetarlicha ball to‘play olmagan Sardor ismli abituriyent uzoq vaqt hujjatlarini qaytarib olmadi. U qo‘shimcha kvotalarga ilinishga umid qilgandi, deb yozadi “12news.uz”.
Shu bilan birga u Yashnobod tumanidagi maxsus maktab-internetda futbol bilan shug‘ullanishda davom etdi. Sardorning do‘sti Shavkat uni institutda ishlaydigan murabbiy bilan tanishtirib qo‘ydi. Sardorning otasi Rashid va uning hamkasbi Ilhom o‘z farzandlarini institutga qo‘shimcha kvotalar asosida kiritib qo‘yishi uchun murabbiyga 8 ming dollar berdi. Murabbiy bu pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yubordi.
Keyin esa bolalarning o‘qishga kirgani to‘g‘risida qalbaki hujjatlar tayyorlab, shartnomani to‘lash uchun kvitansiya berdi. Unda murabbiyga tegishli “Xush kelibsiz” firmasining hisob raqami ko‘rsatilgandi.
“Na postu” gazetasi yozishicha, shundan so‘ng murabbiy telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermay qo‘ygan. Rashid va Ilhom militsiyaga murojaat qilgan. Firibgar qo‘lga olingan, jabrlanuvchilarning pullari esa qaytarilgan.
Izoh (0)