Rossiyaning Yu. A. Gagarin nomidagi kosmonavtlarni tayyorlash ilmiy-tadqiqot sinov markazining yetakchi mutaxassislari 23-iyul, payshanba kuni Toshkentda ochilgan Xalqaro aerokosmik maktab — XAKM—2015 yosh ishtirokchilari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Maktab tashkiliy qo‘mitasi xabariga ko‘ra, “Kichik yulduz akademiyasi” 26-marta chaqirilmoqda. Butun yil davomida koinot ilmiga qiziquvchi 14—17 yoshdagi yosh iste’dodlar aerokosmik maktab ishtirokchisi bo‘lish uchun turli test sinovlari orqali saralab olindi. Bu yerda bolalar ham nazariy, ham amaliy bilimlarga ega bo‘ladi.
XAKM—2015 mashg‘ulotlari Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga 100 yil to‘lishiga, shuningdek, maktabni yaratish tashabbuskori bo‘lmish O‘zbekiston akademigi Shavkat Vohidov xotirasiga bag‘ishlanadi.
Bolalarga ma’ruzalarni Yu. A. Gagarin nomidagi kosmonavtlarni tayyorlash ilmiy-tadqiqot sinov markazining yetakchi muhandisi polkovnik Mixail Vasilyev va muhandis Tatyana Marchenkova, shuningdek, kosmonavt uchuvchi polkovnik Solijon Sharipov o‘qiydi.
Izoh (0)