Toshkentning “Lokomotiv” futzal klubi 28-iyul kuni klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Eronga yo‘l oladi. O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 31-iyul — 7-avgust kunlari Isfahon shahrida tashkil etiladigan musobaqada “Lokomotiv” O‘zbekiston chempioni sifatida ishtirok etadi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, “Lokomotiv” “B” guruhidan o‘rin olgan. Mazkur guruhda O‘zbekiston chempioniga musobaqaning amaldagi chempioni, Yaponiyaning “Nagoya Oushenz” hamda Qirg‘izistonning “MFS Emgek” jamoalari qarshilik ko‘rsatadi.
“Lokomotiv” futzal klubi Osiyo chempionatiga quyidagi o‘yinchilarni olib ketadi: Akmal Hazratqulov (darvozabon), Farhod Mirahmedov, Sarvar Shoahmedov, Tohir Abdurazzoqov, Feruz Faxriddinov, Iskandar Xolmatjonov, Shokir Hodiyev, Shuhrat Ahmedov, Aleksandr Shin, Orifxo‘ja Akbarxo‘jayev, Ilhomboy Sharipov, Sanjar Ziyoxonov, Oybek Polvonov.
Izoh (0)