Gabonda futbolchi Lionel Messining kafti izi tushirilgan tosh o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Argentinalik yulduz ikki hafta avval Gabon prezidenti Ali ben Bongo Ondimbaning taklifiga binoan mamlakatga tashrif buyurgan va Port-Jantildagi yangi stadionning tamal toshini qo‘yishda ishtirok etgandi.
Kuni kecha uning kafti tushirilgan tosh yo‘qoldi. Xabar berishlaricha, mahalliy politsiya hozirgi vaqtda mazkur toshni qidirish bilan band.
Qayd etish joiz, Messining Gabonga tashrifi turli salbiy voqealar bilan yodda qoldi. Jumladan, futbolchi mazkur tashrifi uchun bir necha million dollar to‘lov puli olgani haqida xabar berildi.
Shuningdek, Messi soqolini olmay, kalta ishtonda kelgani ham gabonliklarga ma’qul kelmadi.
Izoh (0)