Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyaning Galle shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro “Kimyogarlar kubogi”da 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
Final bahslarida Hasanboy Do‘smatov (49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida) mo‘g‘ulistonlik Ganxuag Gan-Yerden ustidan, Abrorjon Qodirov (52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida) fransiyalik Eli Konka ustidan, Bahodir Jalolov (91 kilogrammdan ortiq vazn toifasida) germaniyalik Maks Keller ustidan g‘alaba qozondi.
Murodjon Ahmadaliyev (56 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida) finalda germaniyalik Sharaf Ramanga, Burgut Hojiboyev esa (60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida) gollandiyalik Enriko Lakruzga mag‘lub bo‘lib, kumush medal egasiga aylandi.
Isroil Madraimov (69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida) va Rustam To‘laganov (91 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida) musobaqaning bronza medallari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)