Anqara shahridagi Ahmad Hamdi Oqsoq masjidida “Bebaho meros” nomli ko‘rgazma o‘tkazildi, deb xabar qiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy sayti.
Tadbirni Turkiyaning din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda madaniyat va sport vazirligi tashkil qildi.
Bir hafta davom etgan ko‘rgazmada mamlakatning turli chekkalaridan jamlangan to‘qson to‘qqizta nodir asarlar to‘plami namoyish etildi. IX—XIX asrlar mobaynida mashhur xattotlar tomonidan ko‘chirilgan Qur’oni karim nusxalari ham shular jumlasidandir.
Izoh (0)