19-iyul kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tayotgan plyaj futboli bo‘yicha jahon chempionati final uchrashuvi o‘tkazildi, deb xabar qiladi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Finalga Taiti hamda musobaqa mezboni Portugaliya terma jamoalari yetib keldi.
O‘yinda mundial mezboni 5:3 hisobida Taiti terma jamoasini mag‘lub etdi va jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, final bahsida o‘zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov ham ishtirok etdi. U uchrashuv yordamchi hakami vazifasini bajardi. O‘yin bosh hakami sifatida ispaniyalik Ruben Eyriz ish olib bordi.
Izoh (0)