FIFA vitse-prezidenti Jeffri Uebb 10 million dollar garov evaziga ozodlikka chiqdi. U Bruklindagi federal suddan 32 kilometr nariga uzoqlashmasligi kerak. Uning harakatlarini maxsus elektron qurilma kuzatib boradi. Bu haqda “Exo Moskvi” radiosi xabar bermoqda.
Oldinroq sudda Uebb o‘ziga nisbatan qo‘yilgan tovlamachilik va pora olganlik to‘g‘risidagi ayblarni rad etgandi. Prokuratura amaldorni 24 yil mobaynida 150 million dollar pora olganlikda gumon qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jeffri Uebb 27-mayda Syurixda qo‘lga olinib, shu haftada AQShga ekstraditsiya qilingan edi.
Izoh (0)