“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Gabonning Port-Jantil shahrida quriladigan stadionning ilk g‘ishtini qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi, deb xabar qiladi “Championat.com”.
Tadbirda Messi bilan birgalikda Gabon prezidenti Ali ben Bongo Ondimba ham ishtirok etdi. Forvard birinchi marta Gabonga tashrif buyurdi. U marosimdan oldin “Barselona” futbolkasiga qoldirgan dastxatlarini ulashdi. Ushbu qurilayotgan stadionda 2017-yilgi Afrika Millatlar Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
“Bir necha yil oldin men Barselonaga borganman va u yerda Messini uchratganman. Lionel mehmonga kelishga va’da bergandi. Leo o‘z so‘zining ustidan chiqdi”, — dedi Bongo Ondimda.
Izoh (0)