Suriya prezidenti Bashar Asad Venada Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvning imzolanganini Tehronning “ulkan g‘alabasi” deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Suriya rahbari tomonidan Islom Respublikasi rahbariyatiga yo‘llangan va mahalliy televideniye orqali o‘qib eshittirilgan tabrik telegrammasida “oltilik” va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuv “Eronning ulkan g‘alabasi, mamlakatga nisbatan joriy etilgan xalqaro sanksiyalar bosimi ostida bo‘lgan eronliklarning matonati va mardligi tantanasi” ekanligi ta’kidlanadi.
Bashar Asadning fikriga ko‘ra, Venada tomonlar kelishuv yo‘lini tanlagani “nafaqat Eron, balki mintaqa va butun dunyo uchun hal qiluvchi voqealardan biri” bo‘ladi.
Izoh (0)