“AQSh New Horizons koinot qurilmasining Plutonga yaqinlashuvi tufayli Quyosh tizimidagi barcha sayyoralarga ‘tashrif buyurgan’ ilk mamlakat bo‘ldi”, — deya ma’lum qildi NASA rahbari Charlz Bolden. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Amerika Plutonga yo‘l olgan birinchi mamlakat bo‘ldi va shundan so‘ng biz Quyosh tizimida “bormagan” birorta sayyora qolmadi, — dedi Bolden Xopkins universitetidagi (Merilend shtati) chiqishi chog‘ida. — Biz Plutondan yuboriladigan ma’lumotlarni tahlil etib, bu sirli sayyora haqidagi bilimlarimizni takomillashtirib boramiz”.
Eslatib o‘tamiz, New Horizons 2006-yil yanvarda ishga tushirilgan. Bir yildan so‘ng Yupiter yaqinidan uchib o‘tib, Yerga ushbu sayyora va uning yo‘ldoshlari to‘g‘risidagi muhim manbalarni uzatgan. 2015-yil yanvarda esa qurilma Plutonga sayohatini boshlagan.
Izoh (0)