Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi sanksiyalar to‘xtatilishini rasman uzaytirdi. Bu haqda YeI Kengashining bayonotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
“Bu Yevropa Ittifoqiga zarur choralarni ko‘rish va birgalikda yangi rejalarni amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko‘rishimizga imkon beradi”, — deyiladi bayonotda.
Sanksiyalar 2016-yilning 14-yanvariga qadar to‘xtatildi.
Oldinroq Isroil bosh vaziri Netanyaxu yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni “tarixiy xato” deb atagandi.
Izoh (0)