Rim papasining haydovchisi Sebastyan Gonsales katolik cherkovi rahbari bilan tushgan selfisini Twitter’ga joylashtirganidan keyin mashhur bo‘lib ketdi, deb xabar qiladi The Daily Mail.
Gonsales ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan suratda u “papamobil”ni boshqarib ketayotganini ko‘rish mumkin. Orqa plandagi pontifik esa tan soqchilar va muxbirlar bilan birga ko‘rinib turibdi. Ushbu surat Papa Fransiskning Paragvay poytaxti Asunsyonga tashrifi davomida olingan.
Internet foydalanuvchilari o‘z izohlarida “bu barcha davrlardagi eng yaxshi ‘paposelfi’ ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Rim papasi Fransisk 12-iyul kuni Lotin Amerikasiga tashrifini yakunlagandi.
Izoh (0)