AQSh harbiy salohiyat bo‘yicha Erondan ustunlikka ega va uni istagan vaqtda jang maydonida mag‘lub eta oladi. AQSh prezidenti Barak Obama The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aynan shu fikrlarni bildirgan, deb xabar qiladi “TASS”.
Jurnalist davlat rahbaridan Eron Vena kelishuvi shartlariga amal qilmasa, qaysi sabablarga ko‘ra AQShning reaksiyasidan qo‘rqishi kerakligi haqida so‘radi.
“Chunki biz xohlasak, harbiy jihatdan ularni tez va oson mag‘lub eta olamiz. AQShning manfaatlari uchun ahamiyatli yerlarda harbiy kuch ishlatishga tayyor ekanligimni ular ko‘rdi, deb o‘ylayman”, — deydi Obama.
Eslatib o‘tamiz, Eron va “oltilik” 14-iyul kuni yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuvdan so‘ng Yevroittifoq Eronga nisbatan sanksiyalarni 2016-yil 14-yanvariga qadar to‘xtatdi.
Izoh (0)